Akıllı Konsantre Kuru Dönem Yemi
Sut sigirchiligida bankrotlik va rentabellik o’rtasidagi nozik chiziq qayerdan boshlanishini bilasizmi?
Quruq davr ichida tug’ruqqa naqd 21 kun qolganda.
Sigirni quruq davrga ajratdingiz…
Oldiga faqat somon yoki qo’lingizdagi dag’al ozuqani tashlab qo’yib. «Baribir hozir sut bermayapti, hech bo’lmasa ozuqadan tejab qolay» deb o’yladingiz.
Xo’sh, o’sha 21 kunlik tejash sizga tug’ruqdan keyin qancha xarajat keltirib chiqarishini hech hisoblab chiqdingizmi?
Bugun men sizlarga o’sha qo’rqinchli davolash xarajatlarini tarixga aylantiradigan va surungizni jarlikka qulashdan qutqaradigan eng strategik mahsulot haqida gapirib beraman:
Akıllı Konsantre Kuru Dönem Yemi.
Tug’ruqqa oxirgi 21 kun qolganda, ona qornidagi buzoq tez rivojlanadi va onaning qonidagi kaltsiyga bo’lgan ehtiyoj birdaniga cho’qqiga chiqadi.
Mana biz, ushbu 21 kunlik tanqidiy davrda oddiy oziqlantirishni emas.
«Anion asosli oziqlantirish»ni tavsiya qilamiz. O’zi bu anion asosli oziqlantirish nima?
Qisqacha qilib aytganda; sigir tanasidagi kislota-baz muvozanatini ta’minlab,
suyaklardagi kaltsiyning qonga o’tishini tezlashtiradi.
Ya’ni sigirni tug’ruq paytidagi o’sha ulkan kaltsiy shokiga oldindan tayyorlaymiz.
Agar tug’ruqqa oxirgi 21 kun qolganda ushbu anion asosli oziqlantirish bajarilmasa nima bo’ladi?
Sigir tug’ruq falaji, ya’ni sut isitmasi bilan og’rishi mumkin.
Asosiy alomatlar; ishtahasizlik, holsizlik, mushaklar tortishishi, sovuq quloqlar, dovdirab yurish, yotib qolish va o’rnidan tura olmaslik shaklida namoyon bo’ladi,
shuningdek, ozuqa iste’moli pasayishi, metrit, abomasum siljishi kabi tug’ruqdan keyingi muammolar xavfini oshirishi mumkin.
Mana Akıllı Yem Kuru Dönem Yemi aynan tug’ruqdan keyin yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ushbu metabolik muammolarning oldini olish uchun ishlab chiqildi.
Ushbu mahsulot tarkibida; %38 ham protein, anion tuzi muvozanati, tirik achitqiy, MOS va sigirning immunitetini kuchaytiruvchi vitamin hamda minerallar mavjud.
Akıllı quruq davr yemi bilan qo’lingizdagi arpa, makkajo’xori va dag’al ozuqalardan unumli foydalana olasiz.
